“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Guliston davlat pedagogika institutida tashkil etilgan “Dutorchi qizlar” toʻgaragi muntazam ravishda faoliyat olib bormoqda.
1 ko'rildi
Toʻgarak doirasida talaba-qizlar dutor chalish mahoratini oshiribgina qolmay, milliy san’atimizga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirib, boy madaniy merosimizni asrab-avaylashga hissa qo‘shmoqdalar. Mashg‘ulotlar davomida dutorning nozik ohanglari ostida milliy kuy-qoʻshiqlar ijro etilmoqda, sahna madaniyatiga oid bilimlar ham berib borilmoqda.