“Globallashuv va yoshlar ma’naviyati” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika institutining “Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Ma’ruzalarda globallashuv jarayonlarining yoshlar dunyoqarashiga ta’siri, raqamli muhitda axloqiy mas’uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi hamda yoshlarning ijtimoiy faolligi masalalari yoritildi. Shuningdek, kasbiy ma’naviyat, davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonch hamda xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish yuzasidan fikrlar bildirildi.





