Asosiy mazmunga o'tish

⚡️GulDPI talabalari bilan ma’ruza darsi o’tkazildi

32 ko'rildi

💸Joriy yilning 17-noyabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor  Nurbek Ayaqulovning magistr talabalari uchun "Ilmiy nashrlar, xalqaro jurnallarda maqola chop etish" mavzusida ochiq ma’ruza darsi tashkil etildi.

✨Ma'ruza davomida xalqaro ilmiy nashrlar, impakt faktorli jurnallarni tanlash, Scopus va Web of Science kabi ma'lumotlar ba'zalari imkoniyatlari va maqola yozish talablari to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.  Magistrantlarni ilm-fan sohasiga jalb qilish, xalqaro tanlovlar, nomdor stipendiyalar va ularning baholash me'zonlari bo'yicha inklyuziv ma'lumotlar taqdimotlar vositasida yoritib berildi.

✅Dars so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Shu mavzuda