“Xalqaro iqtisodiy hamkorlik-mamlakat taraqqiyotining asosi" mavzusida ochiq dars o'tildi.
Joriy yilning 18-noyabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti rektori, Biologiya fanlari doktori Karshibayev Jahongir Hazratqulovichning ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ma’ruza davomida “Xalqaro iqtisodiy hamkorlik-mamlakat taraqqiyotining asosi" to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Dars jarayonida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim koʻrinishlaridan biri. Jahon xo'jaligining rivojlanib, globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi bilan Xalqaro iqtisodiy hamkorlikh.ning milliy iqtisodiyot taraqqiyotidagi ahamiyati ortib boradi. Uning asosiy subʼyektlari — davlatlar, transmilliy kompaniyalar, mintaqaviy va xalqaro iktisodiy tashkilotlarning yo‘nalishi haqida batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, mavzu yuzasidan talabalarning fikr va mulohazalari tinglandi.