Asosiy mazmunga o'tish

GulDPI talabalarini “Til bilimdonlari” intellektual tanloviga taklif etamuz!

0 ko'rildi
GulDPI talabalarini “Til bilimdonlari” intellektual tanloviga taklif etamuz!

🇺🇿O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi hamda 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Guliston davlat pedagogika institutida “Til bilimdonlari” intellektual tanlovi o‘tkaziladi!

Tanlovda har bir fakultetdan 6 nafardan iborat jamoalar o‘zaro bellashib, ona tili bo‘yicha bilim, savodxonlik va intellektual salohiyatlarini namoyon etadilar.

🏆Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:
🔹Imlo qoidalari bo‘yicha test sinovi;
🔹 Tezkor savol-javob;
🔹 Matnda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llash.

📆Sana: 19-oktabr
⏰Vaqt: 13:00
📍Manzil: 1-DXSh

🔈Barcha fakultetlardan munosib jamoalar shakllantirilib, tanlovda faol ishtirok etishlari so‘raladi!

Kimning bilim va zakovati yuqori? Qaysi fakultet jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritadi? Buni tanlov natijalari ko‘rsatadi!

Ona tilini bilish — milliy o‘zlikni anglash, uni qadrlash esa yuksak ma’naviyat belgisidir!

Shu mavzuda