Ona tili — milliy o‘zlik va ma’naviyat poydevori
0 ko'rildi

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Guliston davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, tarixiy taraqqiyoti va milliy o‘zligimizni ifodalashdagi beqiyos ahamiyati yoritildi. Shuningdek, ona tilimizning sofligini asrash, undan to‘g‘ri va samarali foydalanish, uning nufuzini yuksaltirish hamda yosh avlodga yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ona tilini asrash — milliy qadriyatlarni asrash, uning nufuzini yuksaltirish esa kelajak oldidagi mas’uliyatdir.








