⚡️Guliston davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 21-23-guruh talabalari ishtirokida Tilshunoslik asoslari fanidan ochiq dars mashg’uloti bo‘lib o‘tdi.
45 ko'rildi
✅ Oʻzbek tili va tillarni oʻqitish kafedrasi oʻqituvchisi Mamatova Marg‘uba tomonidan "Nutqning fonetik bo‘linishi. Bo‘g‘in va urg‘u" mavzusida olib borgan seminar mashg‘ulotida interfaol va integratsion metodlardan foydalangan holda AKT vositalari orqali olib borildi.
🔷Dars jarayonida talabalar mavzuni bahs-munozara qilish orqali mustahkamladi va interaktiv metodlardan intensiv tarzda foydalanildi.
📌Albatta, bu kabi ochiq darslar talabalarning o‘zaro fikr almashishlarida muhim ahamiyatga ega.