Turkiyaning Balikesir universiteti haqida seminar-trening tashkil etildi
🌐Joriy yilning 20-noyabr sanasida Guliston davlat pedagogika institutining "Ma'naviyat" xonasida "Xalqaro hamkorlik doirasidagi ilmiy stajirovkalar va xizmat safarlar" mavzusida institut o'qituvchi va talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi.
🎓Seminar-trening davomida "Ijtimoiy fanlar va san'atshunoslik" kafedrasi dotsenti U. Mirzaliyev Turkiya ta'lim tizimining e'tiborga molik jihatlari, ta'lim texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish,Turkiyaning Balikesir universitetining fakultet va kafedralari to'g'risida taqdimot qildi.
Shuningdek, o'zining Balikesir universitetidan olgan yangi tajriba va taasurotlari bilan taqdimot ko'rinishida institutimiz o'qituvchi va talabalari bilan o'rtoqlashdi.
🤝Seminar-trening so'ngida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishdi.