Guliston davlat pedagogika instituti rektori v.v.b. A.Qalandarov boshchiligidagi ishchi guruh iqtidorli yoshlar bilan uchrashish maqsadida Yangiyer pedagogika kollejiga tashrif buyurishdi.
Joriy yilning 11-aprel kuni Guliston davlat pedagogika instituti rektori v.v.b. A.Qalandarov boshchiligidagi ishchi guruh iqtidorli yoshlar bilan uchrashish maqsadida Yangiyer pedagogika kollejiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida kollej rahbariyati bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Hozirgi kunda Yangiyer pedagogika kolleji umumiy 500 nafar yoshlarni qamrab olgan bo'lib, shundan 128 nafar talaba kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olmoqda.
Tashrif doirasida bir guruh iqtidorli yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi va ularga xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha targ'ibot ishlari olib borildi. Xorijiy tillarni yaxshi o'zlashtirib til bilish bo'yicha B2 sertifikatini qo'lga kiritgan talabalarning xorijda tahsil olishlari va ishlashlari uchun davlatimiz tomonidan keng imkoniyatlar taqdim etilayotganligi e'tirof etildi.