Asosiy mazmunga o'tish

“Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi tashabbusi bilan “Huquq bilimdonlari” mavzusida intellektual o’yin o’tkazildi.

162 ko'rildi

Huquq bilimdonlari

Joriy yilning 11-aprel kuni Guliston davlat pedagogika institutida 30-aprelda bo’lib o’tadigan Umumxalq so’rovi-Referendum o’tkazilishi munosabati bilan “Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi tashabbusi bilan “Huquq bilimdonlari” mavzusida  intellektual o’yin o’tkazildi. 
Ushbu intellektual o’yin Guliston davlat universiteti hamda Guliston davlat pedagogika institutining “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo’nalishi talabalari o’rtasida bellashuv tarzida o’tkazildi.


Yakuniy natijalarga ko’ra, Guliston davlat pedagogika institutining “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo’nalishi talabalаridan iborat bo’lgan “Patriot” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Shu mavzuda