Guliston davlat pedagogika institutida Fizika fan olimpiadasining Institut bosqichi tashkil etildi.
Joriy yilning 26-aprel kuni Guliston davlat pedagogika institutida Fizika fanidan fan olimpiadasining institut bosqichi o‘tkazildi. Tanlovni institut rektori v.v.b. A.Qalandarov ochib berdi va yoshlarga yaratilayorgan imkoniyatlar, xususan fan olimpiadasining o’tkazilishi tog’risida ma’lumot berdi.
Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan xamkorlikda tashkil etilgan tanlovda 30 nafar iqtidorli yoshlarning ishtiroki ta’minlandi. Qizg’in va murosasiz o’tgan tanlov natijalariga ko’ra quyidagi yoshlar hakamlar hay’ati a’zolarining hulosasiga ko’ra g’olib deb topildi:
1. Pardaboyeva Madina Shuxrat qizi-Mirzaobod tumani 4-maktab
2. Norqo’ziyev Eldor Muhiddin o’g’li-Xovos tumani 1-IDUM
3. Umirzoqova Gulsevar Anvar qizi-Sardoba tumani 11-maktab
Ma’lumot uchun: ushbu tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika soxasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-son qarorining 1-ilovasi 28.2-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo’lib G’oliblar oliy ta’lim muassasasining mablag‘lari hisobidan o‘qishga qabul qilish vazifasi belgilangan. Fan olimpiadisini o'tkazish Nizomiga muvofiq ishtirokchilarni baholash 2 bosqichli mezon asosida, 1-bosqich 25 ta test 100 ball, 2-bosqich 5 ta masala har bir masalaga 20 baldan 100 ball, umumiy 200 ballik bohalash me'zoni asosida tashkil etildi.