“Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Biz korrupsiyaga qarshimiz!
2023- yilning 27-aprel kuni Guliston davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun institutning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda institutning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshlig‘i Sh.Saidov, Guliston shahar prokuraturasi tergovchisi D.Normatov,prokuror yordamchisi M.Aliyev sohalarda korrupsiyaning oldini olishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berdi.
Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish,buning uchun jamiyatimizning har bir a’zosi mas’ul ekanligi ta’kidlandi.Ya’ni, poraxo‘rlik,nohaqlik,aldov kabi illatlarning salbiy oqibatlari haqida hayotiy misollar keltirildi.