Asosiy mazmunga o'tish

“Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Ilhom” nomli adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi

174 ko'rildi

Ilhom va Ijod                   
2023-yilning 27-aprel kuni Guliston davlat pedagogika institutida “Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida  “Ilhom” nomli adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda institutning adabiyotga va she’riyatga ixlosmand talaba yoshlari ishtirok etdi. 
Institutning yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda  ijodkor talabalar  o‘z  ijod namunalarini namoyish etdi.  
Tadbir so‘ngida iqtidorli ijodkor yoshlarning  saralangan she’rlarini viloyatimiz gazetalarida chop etish rejalashtirildi.
Ijodkor talaba yoshlar faoliyatiga omad va zafarlar tilaymiz!

GulDPI axborot xizmati

Shu mavzuda