Asosiy mazmunga o'tish

Vatan manzumasi – vatanparvarlik tarannumi

158 ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-10-son qarori “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida” qaroriga muvofiq respublikamiz bo‘ylab “Vatan manzumasi” mavzusidagi adabiy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilning 27-aprel kuni Sirdaryo drama teatrida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Behzod Tagayev, professor-o‘qituvchilar hamda tyutorlar boshchiligida institutning iqtidorli va faol talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist G‘iyos Boytoyev, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist,teatr aktrisasi Shoxida Ismoilova vatanimizni madh etuvchi qo‘shiqlari va sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi.

Shu mavzuda