Guliston shahridagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Men tanlagan kasb" mavzusida Guliston davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.
Men tanlagan kasb
Joriy yilning 27-aprel kuni Guliston shahridagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Men tanlagan kasb" mavzusida Guliston davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida kafedraning professor-o‘qituvchilari, 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdi.
Xususan, maktabning bitiruvchi yoshlariga Guliston davlat pedagogika institutining faoliyati va ta’lim yo‘nalishlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek,maktab o‘quvchilariga institut faoliyati to‘g’risidagi ma’lumotlarga batafsil ega bo‘lishlari uchun bukletlar tarqatildi. Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.