Guliston davlat pedagogika institutida “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
0 ko'rildi
Tadbirda Sirdaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyalari
A.Suvonqulov, B.Isakov, N.Sangirov va E.Soibnazarov ishtirok etib, talabalarga Konstitutsiyaning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni, undagi asosiy tamoyillar, inson huquq va erkinliklariga oid kafolatlar haqida atroflicha ma'lumotlar berdilar.
Uchrashuv davomida Konstitutsiyaning yangi tahririda belgilangan o‘zgarishlar, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari ham muhokama qilindi.