Talabalar yashash sharoitlari doimiy e’tiborda
0 ko'rildi
Guliston davlat pedagogika instituti rahbariyati tomonidan talabalar turar joylarida muntazam o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur tashriflar davomida yashash xonalarining sharoitlari, isitish tizimining holati, talabalarning dam olish va o‘qish sharoitlari bilan yaqindan tanishilmoqda. Shuningdek, talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglanmoqda.
Bunday tashriflar talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishi va faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.