Asosiy mazmunga o'tish

Gulistonda “Yoshlar kuni” munosabati bilan rahbarlar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

0 ko'rildi
Gulistonda “Yoshlar kuni” munosabati bilan rahbarlar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Guliston davlat pedagogika instituti hamda Guliston davlat universiteti talaba-yoshlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov ishtirok etdi.

Dastlab mutasaddilar har ikki oliy ta’lim muassasasi iqtidorli yoshlarining erishgan yutuqlari, ilmiy-innovatsion loyihalari va ijtimoiy tashabbuslari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. Ko‘rgazmada talabalar o‘z ishlarini taqdim etib, o‘ziga xos ijodiy yondashuvlari bilan mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Talaba-yoshlarning faolligi, tashabbuskorligi va ilm-fanga bo‘lgan chanqoqligini alohida e’tirof etildi.

Shundan so‘ng, samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda yoshlarning taklif va g‘oyalari tinglandi. Dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yoshlar faoliyatining jamiyat hayotidagi muhim o‘rni va ahamiyati yana bir bor ta’kidlandi.

Shu mavzuda