Asosiy mazmunga o'tish

“Hayotingizni kitob qilib yozganda, unga qanday nom bergan bo‘lardingiz?”

0 ko'rildi
“Hayotingizni kitob qilib yozganda, unga qanday nom bergan bo‘lardingiz?”

🤩Guliston davlat pedagogika institutining “Faol kitobxon” klubi a’zolari 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozlarimizga ana shu samimiy savol bilan murojaat qildilar.

Har bir javob ortida yillar davomida to‘plangan bebaho tajriba, unutilmas xotiralar, quvonchli lahzalar, hayot sinovlari va ustozlik kasbiga xos cheksiz sabr mujassam. Ustozlarimizning hayot yo‘li — biz uchun ibrat, ularning har bir so‘zi esa qalbimizga yo‘l ko‘rsatuvchi nurdir.

Ustozlarimiz o‘z hayot kitoblariga qanday nom qo‘yishgan? Ularning mazmunli va ta’sirchan javoblarini videoda tomosha qiling.

Hayotimizga ilm, tarbiya va ezgulik baxsh etib, qalblarimizda o‘chmas iz qoldirayotgan barcha ustoz va murabbiylarga chuqur minnatdorlik bildiramiz!

Sizga ta’zim, aziz ustozlar!

▶ Videoni Telegram kanalida ko‘rish

Shu mavzuda