Asosiy mazmunga o'tish

Muvaffaqiyatli tadbirkor va yoshlar uchrashuvi

0 ko'rildi
Muvaffaqiyatli tadbirkor va yoshlar uchrashuvi

🤩Guliston davlat pedagogika institutining Pedagogika fakultetida “Muvaffaqiyatli tadbirkor va yoshlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv talabalarning biznesga qiziqishini oshirish va ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir mehmoni, viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkor D.Qo‘chqorova o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. U biznes boshlash va rivojlantirish jarayonida duch kelgan qiyinchiliklari, ularni yengish yo‘llari hamda muvaffaqiyatga erishishda izchil mehnatning o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, uchrashuvda zamonaviy biznes yo‘nalishlari, loyihalarni puxta rejalashtirish va moliyaviy savodxonlikning ahamiyati yuzasidan talabalarga amaliy tavsiyalar berildi.

Muvaffaqiyatli tadbirkor va yoshlar uchrashuvi — 2Muvaffaqiyatli tadbirkor va yoshlar uchrashuvi — 3

Shu mavzuda