Asosiy mazmunga o'tish

G‘oyadan loyihagacha-talabalar uchun tadbirkorlik treningi

0 ko'rildi
G‘oyadan loyihagacha-talabalar uchun tadbirkorlik treningi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida talabalar uchun biznesni boshlash asoslari bo‘yicha amaliy trening tashkil etildi. Mashg‘ulot 2026–2027-yillarda talabalar o‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini keng targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi doirasida o‘tkazildi.

Treningda biznes g‘oyani shakllantirish, biznes-reja tuzish, marketing asoslari va moliyaviy savodxonlik masalalari ko‘rib chiqildi. Talabalarga o‘z g‘oyalarini rivojlantirish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdilar. Mashg‘ulot yoshlarning biznesga oid bilimlarini mustahkamlash va tashabbuslarini rivojlantirishga xizmat qildi.

G‘oyadan loyihagacha-talabalar uchun tadbirkorlik treningi — 2G‘oyadan loyihagacha-talabalar uchun tadbirkorlik treningi — 3G‘oyadan loyihagacha-talabalar uchun tadbirkorlik treningi — 4G‘oyadan loyihagacha-talabalar uchun tadbirkorlik treningi — 5

Shu mavzuda