Asosiy mazmunga o'tish

Institut faollari

197 ko'rildi

     O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va O'zbekiston  yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2023-yil 29-martdagi "O'zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta'lim muassasalaridagi boshlang'ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qo'shma qaroriga muvofiq Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi va fakultet koordinatorlari saylovi bo‘lib o‘tdi.

 Institut talabalarining ovoz berish natijasida nomzodlar orasidan munosiblari saylab olindi.

Unga ko'ra fakultet kordinatorlari va Yoshlar kengashi a'zolari tayinlandi.
  
GulDPI axborot xizmati              

Shu mavzuda