Asosiy mazmunga o'tish

Kurash bo'yicha Osiyo chempioni

187 ko'rildi

 Joriy yilning aprel oyida Xitoyning Xanjou shahrida o'tkazilayotgan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi a'zosi, Sirdaryo viloyatidan, Guliston davlat pedagogika instituti, Pedagogika fakulteti Jismoniy madaniyat yo'nalishi (XQS) 35-22-guruh talabasi Ulbo'sin Hakimova 48 kilogramm vazn toifasida KURASH bo'yicha OSIYO CHEMPIONI bo'lganligi haqida xabar bergan edik.

 Bugun 2-may kuni Sirdaryo tumani "Yangiobod" mahallasida tug'ilib voyaga yetgan chempion sportchi Ulbo'sin Hakimova bilan 20-umumta'lim maktabida uchrashuv tashkil etildi. 
Uchrashuvda mahalla faollari, faxriylar, murabbiylar, sport maktabi vakillari  ishtirok etdi va Ulbo'sin Hakimovaning g’alabasi bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir davomida yosh iqtidorli sportchiga tuman hokimligining qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

GulDPI axborot xizmati

Shu mavzuda