Teatr haftaligi
245 ko'rildi
2023-yilning 3-may kuni Sirdaryo viloyati drama teatrida "XUSRAV va SHIRIN" musiqali lirik dramasi namoyish etildi.
Teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan spektakl tomoshasida Guliston davlat pedagogika instituti talabalari va pedagogik xodimlari ishtirok etdi.
Mahoratli rejissyor Nigora G’oyibnazarova tomonidan sahnalashtirilgan ushbu spektaklda noan’anaviy shakl va uslub tanlangan bo‘lib, saroy, sahro hamda tog’u toshlar sahna ko‘rinishi doston mazmun-mohiyatini tomoshabin ko‘z o‘ngida gavdalantira oldi.
Aktyorlar mahorati tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻldi.
Teatr haftaligi davom etadi...
📥GulDPI axborot xizmati
>