Asosiy mazmunga o'tish

Institutimiz faxri

176 ko'rildi

  Avval xabar berganimizdek, aprel oyida Xitoyning Xanjou shahrida o‘tkazilgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Guliston davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi (XQS) 35-22-guruh talabasi Ulbo‘sin Hakimova 48 kilogramm vazn toifasida KURASH bo‘yicha OSIYO CHEMPIONI hamda  Sirdaryo  viloyati  hokimi  sovrini  uchun  tashkil  etilgan  professional  boks  kechasida  32-22-guruh  talabasi Ramil  Shukumerov  g‘oliblar safidan joy olgan edi.
 
 Joriy yilning  6-iyun kuni  Guliston davlat pedagogika  instituti  rektori v.v.b.  A.Qalandarov   U.Hakimova va R.Shukumerov bilan uchrashib, yurtimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalangan g’oliblarimiz yutuqlarini e’tirof etib, samimiy tilaklar bildirdi hamda pul mukofotlari bilan taqdirladi.

GulDPI axborot xizmati

Shu mavzuda