Tanlov
114 ko'rildi
Guliston davlat pedagogika instituti “ijtimoiy-gumanitar fanlar” fakulteti “musiqa ta'limi yo‘nalishi 25-22-guruh talabalari o‘rtasida musiqa nazariyasi (garmoniya) fanidan “Go‘zal sadolar” nomli ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik
kafedrasi o‘qituvchisi Nuraliyeva Zuhra tomonidan tashkil etilgan tanlovda talabalar o‘zlari mustaqil tayyorlagan kuylari bilan ishtirok etdi.
Tanlov yakunida iste’dodli talabalarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.
GulDPI axborot xizmati