Asosiy mazmunga o'tish

⚡️Intellektual bellashuv o‘tkazildi

19 ko'rildi

✅Guliston davlat pedagogika institutining “Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi o’zining faoliyati davomida o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlari doirasida  bir qator tadbirlarni amalga oshirmoqda.

✔️ Ushbu ishlar bo’yicha Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi hamda Tarix yo'nalishi talabalari ishtirokida joriy yilning 14-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'ining 32 yilligi munosabati bilan "Amir Temur izdoshlari" nomi bilan intellektual bellashuv tashkil etildi.

✔️ Bellashuv ko'tarinki ruhda tashkil etilib, g'olib talabalar esdalik va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Shu mavzuda