⚡️Iqtidorli talabalarimiz bilan tanishing.
9 ko'rildi
Joriy yilning 23-29-oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida Muso al-Xorazmiy nomidagi II-xalqaro matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda institutning Matematika va informatika yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Bo‘ronboyev Kattabek Ikrom o‘g‘li faxrli III-o‘rin egaladi.
Institutimizning yana bir iqtidorli talabasi Ismatullayeva Shaxrizoda Shuxrat qizi Rossiya Fedratsiyasi madaniyat vazirligi ko‘magida ARTNOVA xalqaro festival-tanlovi tasviriy san’at yo‘nalishining 17-20 yosh toifasida 1-darajali Laurent diploma bilan taqdirlandi.