Kredit-modul tizimiga kirish darslari davom etmoqda
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakultetining 1-bosqich talabalari uchun kredit-modul tizimiga kirish bo‘yicha darslar izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi mashg‘ulot fakultet dekani, professor J.K. Komilov tomonidan olib borildi. Unda talabalarga kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, kreditlarni to‘plash tartibi hamda bilimlarni baholash mezonlari haqida batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, talabalarning tizim doirasidagi huquq va majburiyatlari, mustaqil ta’limni tashkil etish hamda yuqori akademik natijalarga erishish yo‘llari yuzasidan zarur tavsiyalar bildirildi.




