Asosiy mazmunga o'tish

Yosh tarixchilar uchun ilmiy tajriba va yangi imkoniyatlar

0 ko'rildi
Yosh tarixchilar uchun ilmiy tajriba va yangi imkoniyatlar

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti tomonidan tashkil etilgan “Yosh tarixchilarning V yozgi o‘qishlari”da ishtirok etgan Guliston davlat pedagogika instituti Tarix yo‘nalishi 4-bosqich talabalari tomonidan 1-bosqich talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida yuqori bosqich talabalari yozgi o‘qishlarda orttirgan bilim va tajribalarini yoshlar bilan o‘rtoqlashib, “Yosh tarixchilar maktabi”ning maqsad va vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari hamda ishtirokchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida tashkil etiladigan mazkur loyihada ishtirok etish tartibi, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va tayyorgarlik bosqichlari yuzasidan zarur tushunchalar berildi.

Yosh tarixchilar uchun ilmiy tajriba va yangi imkoniyatlar — 2Yosh tarixchilar uchun ilmiy tajriba va yangi imkoniyatlar — 3Yosh tarixchilar uchun ilmiy tajriba va yangi imkoniyatlar — 4Yosh tarixchilar uchun ilmiy tajriba va yangi imkoniyatlar — 5

Shu mavzuda