Asosiy mazmunga o'tish

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi

48 ko'rildi

#talaba
#ijara

⚡️Joriy yilning  25-sentabr kuni   Guliston davlat pedagogika  instituti  Fuqaro va mehnat muhofazasi  bo‘limi muhandisi D.Saloxiddinov, Guliston shahar FVB P va NB inspektori  katta leytenant Z. Navruzov  hamda  fakultet tyutori O.Xayitovlar  talabalarning ijara xonadonlariga tashrif buyurdi.

🧩Institut talabalari istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarining texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinganligi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

📌Shuningdek, mas’ullar  tomonidan  xonadon egalariga  gaz, elektr va boshqa yoqilg‘ida ishlovchi isitish moslamalarini ishlatishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur ekanligi hamda talabalarga foydalanish tartibi  bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

📩 GulDPI axborot xizmati

Shu mavzuda