Akademik litsey o‘quvchilariga ma’ruza darsi
38 ko'rildi
#huquqiy_savodxonlik_oyligi
🧩 Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-sentabrdagi 02/02-02/2-98-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida, “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusiga bag‘ishlangan ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi.
⚡️Ochiq ma’ruza darsida litsey o‘quvchilariga Guliston shahar ma’naviyat va marifat markazi bosh mutaxasisi G.Ochilova tomonidan inson huquqlari va erkinliklari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
📩 GulDPI axborot xizmati