Asosiy mazmunga o'tish

Ijara xonadonlarining texnik xavfsizligi o‘rganilmoqda

76 ko'rildi

#talaba
#ijara

⚡️2023-yilning 24-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika  instituti  Pedagogika fakulteti dekani Sh.Norqulov, yoshlar masalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.Boyjigitov hamda fakultet tyutorlari tomonidan ijarada istiqomat qilayotgan talabalar  xonadonlarga  tashrif buyurib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. 
 
🧩Talabalarning asosiy qismi institutga yaqin hududda joylashgan mahallalarda ijara xonadonlarida istiqomat qiladi.  O‘rganishlar davomida  ijara xonadonlarining texnik  xavfsizligi,  gaz, suv, elektr ta'minoti,  kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdi.

📌Institut talabalarining  darsdan keyin bo‘sh vaqtida nimalar bilan band ekanligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, ijara xonadonlari egalari bilan ham suhbatlar o‘tkazildi.

📩 GulDPI axborot xizmati

Shu mavzuda