Maktab va oila
Guliston davlar pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 19-22 guruh talabalari ishtirokida Maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan ochiq dars mashg’uloti bo‘lib o‘tdi.
✅ “Maktabgacha ta’lim tashkilotining oila bn ishlash shakllari” mavzusida o‘tkazilgan ochiq dars mashg’ulotida talabalarning tayyorgarlik mahoratini o‘qituvchi Niyozova Gulnoza baholab bordi.
🔷Albatta, maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning yoshi, imkoniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinishi muhim ahamiyatga ega.
⚡️Mashg’ulot davomida ota -onalar bilan muvaffaqiyatli ishlash shartlari, ommaviy, guruhli, individual shakllari va usullari qo'llanildi. Bolaning ta’lim-tarbiyasida tarbiyachilarning asosiy vazifalari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
GulDPI axborot xizmati