Yetakchilar forumi
185 ko'rildi
Yoshlar ittifoqi yetakchilari Zominda birlashadi
Joriy yilning 29-31-may kunlari Jizzax viloyati Zomin oromgohida respublikadagi barcha oliy ta'lim muassasalari boshlang'ich tashkilot yetakchilari uchun "Yetakchilar forumi" o'tkaziladi. Forum davomida yetakchilarga soha mutaxassislari tomonidan o‘quv-seminar va uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Xususan, yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish, oliy ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash, taym menejment va boshqaruv psixologiyasi kabi dolzarb mavzularda zaruriy bilimlar beriladi.
Forumda respublikamizdagi barcha davlat, nodavlat va xalqaro oliy ta'lim muassasalarining yoshlar yetakchilari ishtirok etadi.