"Men sevgan adib". Shoir Muhammad Ismoil bilan ijodiy uchrashuv kechasi bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 28-mart kuni Guliston davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida “ADOLAT” SDPdan Viloyat Kengashi deputati, Viloyat ijtimoiy rivojlanish komissiyasi raisi, “Yangi Sirdaryo” va “Novaya Sырдарья” gazetalari Bosh muharriri, atoqli shoir MUHAMMAD ISMOIL bilan "Men sevgan adib" mavzusida ijodiy uchrashuv bo'lib o 'tdi. Ijodiy uchrashuvni institut rektori v.v.b. Aziz Qalandarov, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi yuristi M.Masaidova, filologiya fanlari doktori Ixtiyor Ermatov, taniqli shoir Xasan Abduvohidov, “ADOLAT” SDP vakili Xurshida Nishonovalar ishtirok etdilar. Ijodiy uchrashuv juda qizg’in va ko’tarinki ruhda o’tdi.
Uchrashuv so’ngida atoqli shoir Muhammad Ismoil va institutning professor-o’qituvchilari, talaba-yoshlar REFERENDUM tarafdori ekanliklarini, konstitutsiyaga va jonajon O'zbekistonga muhabbatini baralla izhor qilishdi.