Tadbirlar davom etadi! "Bo'lajak olim", "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovlari va "Akademik harakatchanlik" dasturi boyicha yana targ'ibot tadbiri tashkil etildi
Guliston davlat pedagogika ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori N.Ayaqulov va Ilmiy ishlar bo'yicha mutaxassis O.Saxobidinovalar ishtirokida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-martdagi 48-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 24-mart sanasida faollar zalida "Bo'lajak olim", "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovlari va "Akademik harakatchanlik" dasturi boyicha targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Jumladan, Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi (26.22 27.22 va 28.22-guruhlar) hamda O'zga tilli guruhlarda rus tili (11.22 va 12.22- guruhlar) yo'nalish talabalari bilan davra suhbati o'tkazildi.Talaba yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va Start-up loyihalar tanloviga iqtidorli talaba yoshlarni jalb qilish maqsadida batafsil ma'lumot berildi.
Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar mazkur sayt (https://t.me/vorislar_tanlovi_bot) orqali ro`yxatdan o'tishlari mumkin.
☎️ Qo'shimcha ma'lumot:
+998 8824645 54