Asosiy mazmunga o'tish

Milliy liboslar shukuhi — an’ana davom etmoqda!

0 ko'rildi
Milliy liboslar shukuhi — an’ana davom etmoqda!

🤩Guliston davlat pedagogika institutida “Juma — milliy liboslar kuni” ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari ham milliy liboslarda ushbu an’anani faol qo‘llab-quvvatlamoqda.

Atlas-u adrasning rang-barang jilosi, milliy naqshlarning nafisligi talabalarning samimiy tabassumi bilan uyg‘unlashib, fakultet muhitiga o‘zgacha fayz bag‘ishlamoqda.

Yoshlarning milliy liboslarni faxr bilan kiyishi ajdodlar merosiga hurmat va o‘zligimizga mehrning yorqin ifodasidir. Fakultetlarda davom etayotgan ushbu an’ana milliy qadriyatlarimizning talabalik hayotida munosib o‘rin egallayotganini ko‘rsatmoqda.

Milliy liboslarimizni qadrlab, an’analarimizni birgalikda davom ettiraylik!

Milliy liboslar shukuhi — an’ana davom etmoqda! — 2Milliy liboslar shukuhi — an’ana davom etmoqda! — 3

Shu mavzuda