Asosiy mazmunga o'tish

Milliy liboslar shukuhi — fakultetlarda qizg‘in davom etmoqda!

0 ko'rildi
Milliy liboslar shukuhi — fakultetlarda qizg‘in davom etmoqda!

🤩Guliston davlat pedagogika institutida “Juma — milliy liboslar kuni” tobora keng quloch yoymoqda. Fakultetlar milliy liboslarni kiyish va targ‘ib etishda bir-biridan ilhom olib, tashabbuskorlik ko‘rsatmoqda.

Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti talabalari ham atlas-u adrasning betakror jilosi, do‘ppilarning nafis naqshlari bilan ushbu an’anaga o‘zgacha shukuh bag‘ishlamoqda.

Talabalarning milliy liboslarga bo‘lgan qiziqishi va faolligi xalqimizning boy madaniy merosiga hurmat, o‘zligimizga mehr va milliy g‘ururning yorqin ifodasidir. Ushbu tashabbus milliy an’analarimizni kundalik hayotda asrash va munosib davom ettirishga xizmat qilmoqda.

Milliy liboslar shukuhi — fakultetlarda qizg‘in davom etmoqda! — 2Milliy liboslar shukuhi — fakultetlarda qizg‘in davom etmoqda! — 3Milliy liboslar shukuhi — fakultetlarda qizg‘in davom etmoqda! — 4Milliy liboslar shukuhi — fakultetlarda qizg‘in davom etmoqda! — 5

Shu mavzuda