Milliy liboslarda — xalqimiz tarixi, qadriyati va nafosati
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talaba-qizlari “Juma — milliy liboslar kuni” tashabbusida faol ishtirok etmoqdalar.
Atlas va adrasning jilosi, milliy naqshlarning nafisligi xalqimizning asrlar davomida shakllangan didi va madaniyatini aks ettiradi. Talaba-qizlar milliy liboslar orqali ana shu merosga hurmat va milliy o‘zlikka daxldorlik tuyg‘usini namoyon etmoqdalar.
Milliy libosni qadrlash — ajdodlar merosini kundalik hayotimizda davom ettirish demakdir.






