Giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish — dolzarb vazifa!

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida Guliston shahar Ichki ishlar bo‘limi Probatsiya xizmati xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda talabalarga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari, ularning noqonuniy tarqalishining oldini olish, huquqbuzarliklarning profilaktikasi hamda sog‘lom turmush tarziga rioya etishning ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, “Qo‘riqchi” mobil ilovasi, undan foydalanish tartibi va xavfsizlikni ta’minlashdagi imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Tadbirda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni zararli illatlardan himoya qilish hamda xavfsiz ijtimoiy muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.




