“Xavfsiz talaba” — Sirdaryoda talabalar xavfsizligiga doir yangi tizim joriy etiladi
0 ko'rildi

Sirdaryo viloyatida Prezident topshiriqlari ijrosini ta’minlash doirasida “Xavfsiz talaba” platformasini oliy ta’lim tashkilotlarida ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.
Bosh prokuratura, tegishli vazirliklar mas’ullari hamda oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari ishtirok etgan seminar-yig‘ilishda platforma va uning mobil ilovasi imkoniyatlari taqdim etildi.
Yil yakuniga qadar viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarini to‘liq raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.








