Asosiy mazmunga o'tish

“Milliy qadriyatlar kuni”

45 ko'rildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023 yil 18-oktabrdagi “Ta’lim muassasalarida “Milliy qadriyatlar kuni”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 466-sonli buyrug‘i  bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalarida 31-oktabr kuni “Milliy qadriyatlar kuni”ni tashkil etish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi”ni 1-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida institutda  joriy yilning 30-oktabr kuni “Milliy qadriyatlar kuni” tashkil qilindi.

     Tadbir doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida “Milliy qadriyatlarning eng faol targ‘ibotchisi” tanlovini tegishli Nizom asosida o‘tkazildi. Tanlov doirasida “Milliy libos”, “Milliy raqs”, “Milliy taom”, “Milliy sport”, “Milliy qo‘shiq” nominatsiyalarida talaba-yoshlar o‘zaro kuch sinashishdi. Tanlov g‘oliblari belgilangan tartibda rag‘batlantirildilar.

Shu mavzuda