Guliston davlat pedagogika instituti hamda Xitoyning Shenyang universiteti o'rtasida hamkorlik muzokaralar o'tkazildi.
Sirdaryo tumanida joylashgan “Peng Sheng” O’zbekiston Xitoy qo’shma korxonasiga, Xitoyning Shengyang provinsiyasida joylashgan “Shenyang kimyo texnologiyalar” universiteti vakili f.d. Professor Yingpeng Xie hamda bir guruh professor o’qituvchilar tashrif buyurdilar.
Ushbu tashrif doirasida, Guliston davlat pedagogika instituti rahbariyati va Xitoyning Shenyang universiteti delegatsiyasi a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Muloqot chog'ida Xitoy korxonalariga kadrlar tayyorlash, dual ta'limni yo'lga qo'yish, xitoy tiliga o’qitish bo’yicha takliflar berildi, shuningdek, Guliston davlat pedagogika instituti va Xitoyning Shenyang universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni yo’lga qo’yish, Xitoy va ingiliz tillarini o’rgatish, o’qituvchilar hamda talabalar malakasini oshirish bo’yicha hamkorlik qilish kelishib olindi.