Asosiy mazmunga o'tish

Navqiron Samarqand

175 ko'rildi

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va yurtimizning tarixiy maskanlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida GulDPI maktabgacha ta’lim 19-22-guruh talabalari tyutorlari tomonidan Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida  talabalar shaharning diqqatga sazovar joylari Registon maydoni,  Go‘ri-Amir maqbarasi,  Bibixonim jome masjidi va  Hazrati Doniyor ziyoratgohiga tashrif buyurdi.

Talabalar muqaddas qadamjolarni ziyorat qildi. Shuningdek, muazzam minoralar, serjilo me’morchilik obidalari  va ularning  qadimiy tarixi bilan tanishdi.

GulDPI axborot xizmati

Shu mavzuda