Asosiy mazmunga o'tish

“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki”: institut jamoasi umumxalq xayriya hasharida

0 ko'rildiYashil institut
“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki”: institut jamoasi umumxalq xayriya hasharida

O’zbekistonda “Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki” shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida mamlakatimizning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda

Jumladan, Guliston davlat pedagogika instituti  mehnat jamoasi ham erta tongdan hasharda faol ishtirok etmoqda.

Hashar davomida atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish kabi yumushlar bajarilmoqda. Institut binosi va unga tutash hududlar saranjom-sarishta holatga keltirilib, manzarali daraxtlar va gul ko‘chatlari ekildi. Daraxtlar oqlanib, shakl berildi. Atrofdagi ariqlar, avtoturargoh hududlari chiqindilardan tozzalandi.

“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki”: institut jamoasi umumxalq xayriya hasharida — 2“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki”: institut jamoasi umumxalq xayriya hasharida — 3“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki”: institut jamoasi umumxalq xayriya hasharida — 4

Yashil institut