Ochiq muloqot
189 ko'rildi
Joriy yilning 15-may kuni Guliston davlat pedagogika instituti rektori v.v.b. Aziz Qalandarov va prorektorlar sirtqi ta’lim talabalari bilan ochiq muloqot uchrashuvlari o‘tkazishdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan rektor va talabalar uchrashuvida institutda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, kelgusidagi rejalar va vazifalar haqida ma’lumot berildi.
Talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi hamda bildirilgan takliflarni o‘rganish yuzasidan tegishli mas’ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
GulDPI axborot xizmati