Asosiy mazmunga o'tish

OITS ga qarshi kurashish va oldini olish

184 ko'rildi

    Guliston  davlat  pedagogika  institutida  viloyat  OITS  markazi  profilaktika bo‘limi  mudiri  R.Ahmedov  va  profilaktik  bo‘lim  shifokori  A.Qobilov  bilan OITS ga  qarshi  kurashish  va oldini olish maqsadida  uchrashuv  tashkil  etildi.
    Uchrashuvda  institut  talaba-yoshlariga  OITS  xastaligi  nima, uning yuqish yo‘llari, kasallik belgilari va uning salbiy oqibatlari haqida batafsil  ma’lumotlar berildi.
   Eslatib o‘tamiz, OITS asosan nosog’lom hayot tarzi hamda go‘zallik salonlari va stomatologlarda gigiyenaga amal qilmaslik natijasida kelib chiqadi.
   Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 113-moddasiga ko‘ra, agar shaxs o‘zida OITS infeksiyasi borligini bilgan holda o‘zga shaxsga kasallikni yuqtirsa yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirsa, unga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilangan.
  Uchrashuv so‘ngida institut talabalariga markazning malakali xodimlari tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.

GulDPI axborot xizmati

Shu mavzuda