O‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlaridan Guliston davlat pedagogika institutiga ko‘chirib kelayotganlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar
65 ko'rildi
⚡️Ayni damda Guliston davlat pedagogika institutida o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlaridan ko‘chirib kelayotganlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.
🎨 “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihonda tasviriy san’at asosi bo‘lgan rangtasvir ya chizmachilik fanlaridan amaliy ish bajarib, o‘zlarining bilimlarini namoyon etadilar.
📌 Belgilangan 3 soat davomida bajarilgan amaliy ishlar tasdiqlangan mezon asosida baholanadi.
GulDPI axborot xizmati