Asosiy mazmunga o'tish

Rahbar va yoshlar — ochiq muloqot va amaliy yechim

0 ko'rildi
Rahbar va yoshlar — ochiq muloqot va amaliy yechim

🤩Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.X. Karshibayev ishtirokida Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvda talabalarning ta’lim jarayoniga moslashuvi, sifatli bilim olishi va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savol, muammo va takliflarini bevosita rektorga bildirdilar. Har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

“Sizlar — bizning bolalarimizsiz. Qanday muammo yoki taklifingiz bo‘lsa, hech ikkilanmasdan murojaat qiling. Sizlarning yutug‘ingiz — institutimizning yutug‘i, kelajagingiz esa bizning mas’uliyatimizdir”, — deya ta’kidladi J.X. Karshibayev.

Samimiy ruhda o‘tgan muloqot rektor va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yanada mustahkamladi.

Talabaning ovozini eshitish — uning kelajagiga e’tibor qaratishdir.

Rahbar va yoshlar — ochiq muloqot va amaliy yechim — 2Rahbar va yoshlar — ochiq muloqot va amaliy yechim — 3Rahbar va yoshlar — ochiq muloqot va amaliy yechim — 4Rahbar va yoshlar — ochiq muloqot va amaliy yechim — 5Rahbar va yoshlar — ochiq muloqot va amaliy yechim — 6Rahbar va yoshlar — ochiq muloqot va amaliy yechim — 7Rahbar va yoshlar — ochiq muloqot va amaliy yechim — 8Rahbar va yoshlar — ochiq muloqot va amaliy yechim — 9Rahbar va yoshlar — ochiq muloqot va amaliy yechim — 10

Shu mavzuda